O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga barcha nomzodlar ro‘yxatga olindi

  • 12:54 / 14.09.2021
  • 117

Markaziy saylov komissiyasi qaroriga muvofiq, shu yilning 24-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezidentlik saylovlarida ishtirok etadigan nomzodlar ro‘yxatga olindi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra:
–  “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Qodirov;
–  O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Narzulla Oblomurodov;
–   Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova;
–  “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov;
–  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev nomzodlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan.