O‘zbekiston Rossiyadan 10ta metro poyezdini sotib oladi

  • 09:00 / 08.04.2021
  • 141

“Toshkent metropoliteni” UK va “Metrovagonmash” AJ (RF) o‘rtasida 10ta metro poyezdni (40ta vagon) 52,85 mln. yevroga sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 

Dastlabki 5ta metro poyezdlarini (4-vagonli versiyada) yetkazib berish shu yilning yoz oyida amalga oshiriladi.

Ushbu kelishuv Toshkentda o‘tkazilayotgan “INNOPROM-2021” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Kreditlarni moliyalashtirish “Rivojlanish va tashqi iqtisodiy ishlar banki” davlat korporasiyasi (30,40 mln yevro) va Rossiyaning eksport-import banki (22,40 mln yevro) manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida jalb qilingan kreditlarni qaytarish, shuningdek ular bo‘yicha foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.