O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 1,6 foizga oshdi

  • 21:31 / 20.09.2021
  • 79

2021-yilning yanvar-avgust oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 24 trln. 963,7 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 383,1 mln. AQSH dollariga yoki 1,6 foizga koʻpaydi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uda eksport hajmi 9 277,9 mln. AQSH dollariga (20,1 foizga kamaydi) va import hajmi 15 685,8 mln. AQSH dollariga (20,9 foizga koʻpaydi) yetdi. Hisobot davrida – 6 407,9 mln. AQSH dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan toʻrtta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston va Turkiya shular jumlasidandir. Qolgan 16 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.