O‘zbekiston Tokio-2020da medal jamg‘arish bo‘yicha Osiyo, MDH hamda Turkiy mamlakatlar ichida nechanchi o‘rinni band etdi

  • 13:36 / 09.08.2021
  • 256

Medallar qo‘lga kiritgan davlatlar haqida qiziqarli faktlar e’lon qilindi.

Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari ham oʻz poyoniga yetdi. Shu munosabat bilan MOQ musobaqada medallar jamgʻarish boʻyicha bir qator qiziqarli faktlarni taqdim etdi.

Unga koʻra, Bermuda orollari, Filippin, Qatar davlatlari ilk bor Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Burkina-Faso, San-Marino, Turkmaniston mamlakatlari ilk bor Olimpiya oʻyinlarida medal oldi.

Erkaklar oʻrtasida balandlikka sakrash dasturida 2 atlet birgalikda eng yaxshi natijani qayd etishgani uchun har ikkilariga oltin medal topshirildi. Bunday vaziyatda reglamentga koʻra, kumush medal berilmadi.

Ushbu Olimpiadada 93 mamlakat medal oldi, ularning 65 tasi esa oltin medalga sazovor boʻldi.

Qozogʻiston oʻz tarixida ilk bor oltin medal qoʻlga kirita olmadi.

Delegatsiyamiz 5 sport turida 5 ta medal jamgʻardi.

Mamlakatimiz medallar sifati boʻyicha (3 ta oltin, 2 ta bronza) Osiyo davlatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Eron kabi yetakchi sport derjavalaridan keyin beshinchi, MDH mamlakatlari orasida Rossiya Olimpiya qoʻmitasidan keyin ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi natijaga erishdi.

Yuqoridagi suartda Oltin rangda: Oltin medal olgan davlatlar

Kumush rangda: Kumush va bronza medal olgan davlatlar

Bronza rangda: Bronza medali olgan davlatlar

Moviy rangda: Medalsiz ortga qaytadigan davlatlar

Qizil rangda: Ishtirok etmagan davlatlar:

Quyidagi suratda bir qator mamlakatlarning medal jamgʻarish boʻyicha statistikasi aks etgan: