O‘zbekiston to‘rt oyda 66 mln. dollarlik avtomobil benzini import qilgan

  • 16:38 / 15.05.2021
  • 157

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga qiymati $66,4 mln.ga teng bo‘lgan avtomobil benzini import qilingan. 

O‘zbekistonga Rossiyadan $39 mln., Turkmanistondan $22,5 mln. hamda Qozog‘istondan $4,6 mln.ga teng bo‘lgan avtomobil benzini import qilingan. 

Xorijdan import qilingan avtomobil yoqilg‘isining ko‘p qismi Toshkent shahriga ($46,7 mln.), Farg‘ona ($8,7 mln.) va Buxoro ($4,7 mln.) viloyatlariga tog‘ri kelgan. 

O‘zbekistonga jami 207,5 mln. litr avtomobil benzini import qilingan.