O‘zbekiston va Qirg‘iziston elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish bo‘yicha  kelishuvga erishdi

  • 18:31 / 26.03.2021
  • 201

O‘zbekiston va Qirg‘iziston 750 mln kVt soatgacha bo‘lgan hajmda elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi.  
Hujjatga ko‘ra, To‘xtag‘ul suv omborini to‘ldirish va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini suv bilan taʼminlash uchun shunday to‘xtamga kelingan. 

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 2021-yilning mart-oktyabr hamda 2022-yilning mart-aprel oylarida, Qirg‘iziston esa 2021–2023- yillarning iyun-avgust oylarida O‘zbekistonga elektr energiyasini qaytarib beradi.