O‘zbekiston xalqaro bank va moliyaviy tashkilotlarning qaysi biridan qancha miqdorda qarzdor?

  • 14:32 / 15.06.2020
  • 610

Avvalroq, Moliya vazirligi Davlat ichki va tashqi qarzdorligi departamentining 2020-yil 1-choragi uchun O‘zbekistonning Davlat qarziga oid maʼlumotnomasi eʼlon qilingani haqida xabar berilgan edi.  
 
Quyida 2020-yil 1-choragida davlat qarzi qoldig‘ining o‘sishini shakllantiruvchi asosiy omillar haqida ham statistik maʼlumotlar keltiriladi. Unga ko‘ra:
 
– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i 200 mln. AQSh dollariga;
 – Davlat kafolati ostida imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i 400 mln. AQSh dollariga;
– 700 mlrd. so‘m miqdorida davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi hamda 250 mlrd. so‘mga teng ichki qarzdorlik so‘ndirilishi natijasida davlat qimmatli qog‘ozlari qoldig‘i 450 mlrd. so‘mga oshdi.
 
Shuningdek, joriy yil 1-aprel holatiga Davlat tashqi qarzining manbalar kesimida taqsimlanishi quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ldi:

• Osiyo Taraqqiyot banki – 3,9 mlrd. AQSh dollar;
• Xitoy eksimbanki va davlat taraqqiyoti banki – 3,6 mlrd. AQSh dollar;
• Jahon banki – 2,7 mlrd. AQSh dollar;
• Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va xalqaro hamkorlik agentligi banki – 2,0 mlrd. AQSh dollar;
• Islom taraqqiyot banki – 0,8 mlrd. AQSh dollar;
• Boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar – 2,1 mlrd. AQSh dollar;
• Suveren xalqaro obligatsiyalar – 1 mlrd. AQSh dollar.
 
Maʼlumot uchun, Davlat qarzining o‘rtacha tortilgan so‘ndirish davri 2019-yil holatiga 9,31 yil, Davlat tashqi qarzi bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 2,4 foiz etib belgilanmoqda.

O‘zbekistonning Davlat tashqi qarzi portfeli valyuta tarkibining 67,1 foizi – AQSh dollari, 12,5 foizi – yapon iyenasi, 9,7 foizi – SDR (maxsus qarz olish huquqlari), 6,6 foizi – yevro, 4,0 foizi – boshqa valyutalardagi tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.