O‘zbekiston-Xitoy vaksinasi COVID-19ning yangi turlariga qarshi samarali ekanligi tasdiqlandi

  • 13:26 / 19.04.2021
  • 73

ZF-UZ-VAS 2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi sinovlarining uchinchi bosqichi oraliq natijalari e’lon qilindi.

Ularga ko‘ra, nazorat guruhiga kiritilgan 150 nafar ko‘ngillilarning 90 foizida ikkinchi dozadan so‘ng qonda 4,55 Au/ml dan yuqori bo‘lgan antitanachalar darajasi aniqlandi, bu esa koronavirusni zararsizlantirish uchun yetarli hisoblanadi.

Shuningdek, 2021-yil fevral oyida o‘tkazilgan sinovlar doirasida laboratoriya namunalari natijalariga ko‘ra, ZF-UZ-VAS 2001 vaksinasining koronavirus yangi shtammlari – "Janubiy Afrika”, “Britaniya” va “Braziliya” variantlariga qarshi samaradorligi tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘tkazilgan klinik sinovlar doirasida 4,6 mingdan ortiq ko‘ngillilar ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining 3 dozasini qabul qildi.