Oʻzbekiston yetti oy mobaynida 2,5 ming tonna pishloq va tvorog import qildi

  • 09:43 / 12.09.2021
  • 103

2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,5 ming tonna pishloq va tvorog import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, pishloq va tvorog importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 ming tonnaga oshgan.

Quyida 2021-yilning oʻtgan 7 oyi mobaynida Oʻzbekistonga pishloq va tvorog mahsulotlarini eng koʻp import qilgan davlatlarni ko‘rishingiz mumkin:
- Rossiya – 1,1 ming tonna;
- Litva – 463,2 tonna;
- Belarus – 425,1 tonna;
- Germaniya – 137,1 tonna;
- Turkiya – 106,2 tonna;
- Finlyandiya – 79,0 tonna;
- Ukraina – 57,7 tonna;
- Qozogʻiston – 35,5 tonna;
- Fransiya – 16,3 tonna;
- Eron – 9,3 tonna;
- Niderlandiya – 7,8 tonna;
- Italiya – 7,4 tonna.