O‘zbekiston yetti oyda qariyb 97 mln. dollarlik benzin import qildi

  • 10:54 / 28.08.2021
  • 186

2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga qiymati 96,6 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 274,6 mln. litr avtomobil benzini import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Rossiyaga 136,5 mln. litr, Turkmanistonga 116,3 mln. litr, Qozog‘istonga 15,6 mln. litr avtomobil benzinini import qilgan.

Quyida xorijdan avtomobil benzini import qilgan hududlarni ko‘rishingiz mumkin:
Toshkent shahri – 65,4 mln. dollar;
Farg‘ona viloyati – 11,6 mln. dollar;
Buxoro viloyati – 8,4 mln. dollar;
Namangan viloyati – 4,2 mln. dollar;
Samarqand viloyati – 3,6 mln. dollar;
Sirdaryo viloyati – 2,2 mln. dollar;
Toshkent viloyati – 752,9 ming dollar;
Xorazm viloyati – 293,6 ming dollar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 194,2 ming dollar;
Qashqadaryo viloyati – 69,0 ming dollar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar-iyun oylarida qariyb 547 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.

Teglar