O‘zbekiston yil boshidan beri eng ko‘p qaysi davlatlardan mebel xarid qilgani ma’lum qilindi

  • 23:05 / 02.06.2021
  • 159

Import qilingan chet davlatlari ichida Koreya eng ko‘p, 2,7 miln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini  O‘zbekistonga eksport qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston jami 46ta xorijiy mamlakatlardan qiymati 25,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini import qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,6 mln. AQSh dollariga kam hisoblanadi.

O‘zbekiston 2021-yilning dastlabki 4 oyida mebel mahsulotlarini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Koreya – 7,8 mln.

Xitoy – 6,9 mln.

Turkiya – 3,9 mln.

Rossiya – 2,7 mln.

Ukraina – 1,1 mln.

Qozog‘iston – 570,5 ming

Belarus – 564,1 ming

Italiya – 513,1 ming

Polsha – 308,3 ming

Litva – 250,8 ming

Germaniya – 170,9 ming

Singapur – 126,0 ming