Oʻzbekistonda 15-aprel madaniyat va sanʼat xodimlari kuni sifatida nishonlanadi

  • 15:14 / 04.05.2021
  • 37

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Respublika Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan loyihada 15-aprel sanasini “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” deb belgilash taklif qilindi.

Qonun loyihasida mamlakatning madaniyat va sanʼat sohasi faollarini “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash koʻzda tutilgan.

Deputatlar muhokamasidan soʻng yangi qonun loyihasi qabul qilindi.