O‘zbekistonda 18 turdagi “spravka” uchun yiliga $15 million sarflangan – Adliya vaziri

  • 10:15 / 21.05.2021
  • 116

Davlat organlari tomonidan 18 turdagi ma’lumotnomalarni talab qilishning bekor qilinishi O‘zbekistonga har yili qariyb 15 mln. dollar mablag‘ni iqtisod qilish imkonini berib, 12 mln. nafar (aholining 35 foizi) fuqarolarning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bu haqda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov “Huquq bilan vaksinasiya” Peterburg xalqaro yuridik forum doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlardan birida aytib o‘tdi.

Ruslan Davletov o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Adliya vazirligi raqamlashtirish masalalarida o‘zi uchun uchta muhim yo‘nalishni belgilab olgani, ya’ni – tartibga solish muhitini salmoqli ravishda isloh qilish, virtuallik va ochiqlik ekanligini qayd etdi. 

“Nega biz birinchi galda huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida gapirayapmiz? Chunki, raqamlashtirishning o‘zi reinjiniring, tartibga solish yuklamasisiz va byurokratik tartib-taomillarini maqbullashtirmay turib hech qanday natija bermaydi. Mavjud tartib-taomillarni raqamli formatga ko‘r-ko‘rona o‘tkazish avvalgi sarsongarchiliklar va rivojlanish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etmaydi”, – deya ta’kidladi adliya vaziri R. Davletov. 

Shuningdek, adliya vaziri xorijlik hamkasblariga so‘nggi ikki yil ichida “tartibga solish gilotinasi” usuli yordamida amaldagi huquqiy baza 10 foizga maqbullashtirilganligi, 3 mingdan ortiq qonunosti hujjatlar bekor qilinganligi, qonunchilikning 60 ta tarmog‘i bo‘yicha 15 mingta huquqiy hujjatni konsolidasiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilganligi haqida ma’lumot berdi.