O‘zbekistonda 7 oy mabaynida 5,3 trln. so‘mlik elektr uskunalar ishlab chiqarildi

  • 20:18 / 13.09.2021
  • 73

O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar-iyul oylari davomida 694 ta elektr uskunalar ishlab chiqarish sanoati korxonalari faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Statistika qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu korxonalar tomonidan 5 trln. 325,5 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 108,8 foizni tashkil etdi.

Maʼlumot oʻrnida, elektr uskunalar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 2021-yilning:
- yanvar oyida 404,7 soʻm (fizik hajm indeksi 71,7 foiz);
- yanvar-fevral oylarida 1 354,1 soʻm (119,8 foiz);
- yanvar-mart oylarida 1 791,4 soʻm (108,7 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 2 403,4 soʻm (105,5 foiz);
- yanvar-may oylarida 3 553,5 soʻm (111,1 foiz) ;
- yanvar-iyun oylarida 4565,9 soʻm (107,2 foiz)ni tashkil etgan mahsulot ishlab chiqarildi.

Bundan tashqari, elektr uskunalar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahar 67 foiz(275 ta elektr uskunalar ishlab chiqarish korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 12,3 foiz(114 ta), hamda Andijon viloyati 6,3 foiz(46 ta) hissasiga toʻgʻri keldi.

Teglar