O‘zbekistonda 7 oyda 40,3 mlrd. kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

  • 22:32 / 07.09.2021
  • 123

Respublikada 2021-yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 40,3 mlrd. kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 3,4 mlrd. kilovatt soatga oshgan.

Shuningdek, jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida Sirdaryo 22,9 foiz, Toshkent 22,8 foiz, Qashqadaryo 19,3 foiz va Navoiy viloyati 15,7 foiz ulushga ega.