O‘zbekistonda 8 oy davomida qariyb 730 ming tonna benzin ishlab chiqarildi

  • 12:55 / 19.09.2021
  • 112

2021-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, respublikada jami 729,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,1 foizga oshgan.

Quyida avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmini oylar kesimida ko‘rishingiz mumkin:
yanvar – 93,9 ming tonna;
yanvar-fevral – 185,3 ming tonna;
yanvar-mart – 291,3 ming tonna;  
yanvar-aprel – 368,6 ming tonna;
yanvar-may – 456,2 ming tonna;
yanvar-iyun – 546,5 ming tonna;
yanvar-iyul – 632,2 ming tonna;
yanvar-avgust – 729,4 ming tonna.

Teglar