O‘zbekistonda 8 oy mobaynida qariyb 270 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

  • 21:12 / 18.09.2021
  • 92

2021-yilning yanvar-avgust oylarida respublika korxonalari tomonidan 269,8 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 222,6 trln. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 82,5 foizini tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondagi korxonalar tomonidan 200,1 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Teglar