O‘zbekistonda aeroportlar rekonstruksiyasiga xususiy sheriklar ham jalb qilinadi

  • 14:22 / 30.03.2021
  • 155

O‘zbekiston aeroportlari davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya, modernizatsiya va ekspluatatsiya qilinadi. Bu borada Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Bunda uch yil muddatga:

–  xususiy sheriklar olib kiriladigan transportlar, yo‘l-qurilish texnikasi, mashinalar, mexanizmlar, uskunalar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uzellar, texnologik va loyiha hujjatlari, dasturiy ta’minot, jihozlar bojxona bojidan;
–  transportlar va maxsus texnika uchun utilizasiya yig‘imidan ozod qilinadi;
–  xususiy sheriklar va aeroportlar foyda solig‘ini, shu jumladan dividend to‘lashda ushlab qolinadigan foyda solig‘ini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida to‘laydi;
–  aeroportlar uchun mol-mulk solig‘ining belgilangan stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.