O‘zbekistonda avgust oyida 31,5 mingdan ortiq nikoh holatlari qayd etildi

  • 22:20 / 11.09.2021
  • 113

2021-yilning  avgust oyida 31 519 ta nikoh holatlari qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10 197 taga kamdir. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida respublika bo‘yicha 174 998 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36 288 taga ko‘p.

Quyida 2021-yilning o‘tgan 8 oyida qayd etilgan nikohlar sonini oylar kesimida ko‘rishingiz mumkin:
- yanvar oyida – 19 703 ta;
- fevral oyida – 16 346 ta;
- mart oyida – 23 829 ta;
- aprel oyida – 17 236 ta;
- may oyida – 19 722 ta;
- iyun oyida – 22 152 ta;
- iyul oyida – 24 491 ta;
- avgust oyida – 31 519 ta.

Teglar