O‘zbekistonda birinchi marta Gidroakkumlyatsiyalovchi elektr stansiyasi quriladi

  • 13:10 / 15.04.2021
  • 189

O‘zbekistonda ilk bor GAES (Gidroakkumlyatsiyalovchi elektr stansiyasi) quriladi. 
Bu haqda 14-aprel kuni “O‘zbekgidroenergo” rahbariyati hamda Fransiyaning eng yirik elektr energiya ishlab chiqaruvchi “EDF” kompaniyasining xalqaro aloqalar, Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mas’ul vakillari ishtirokidagi uchrashuvda ma’lum qilingan.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonda ilk bor GAES qurilishi, suv omborlarida suzuvchi quyosh stansiyalarini o‘rnatish, ikki tomondan maxsus ishchi guruhlar tuzish hamda asosiy tashkiliy masalalarni muhokama qilish borasida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan va o‘zaro amaliy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olingan.


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashishi aytilayotgan Xo‘jakent GAESning loyihaviy quvvati 200 MVt ga teng bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, gidroakkumulyatsiya elektrostansiyasi (GAES) – elektr energiyaga bo‘lgan kunlik talabga yarasha elektr energiya ishlab chiqaruvchi gidroelektrostansiya. GAES o‘z faoliyatida generatorlar yoki nasoslar, gidroelektroagregatlar kompleksini qo‘llab ishlaydi.