O‘zbekistonda elektr energiya sohasini rivojlantirish uchun $3,1 mlrd. tashqi qarz jalb qilingan

  • 14:03 / 08.09.2021
  • 182

Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi holati va dinamikasi sharhini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, davlat tashqi qarzi qoldig‘i joriy yil boshiga nisbatan 682,5 mln. dollarga yoki 3,2 foizga oshib, 2021-yilning 1-iyul holatiga 21,8 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Shundan 4,7 mlrd. AQSh dollari byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan bo‘lsa, 3,1 mlrd. AQSh dollari elektr energiyasini rivojlantirish uchun jalb qilingan.

Davlat tashqi qarzining tarmoqlar kesimida taqsimoti 2021-yilning birinchi yarim yilligi yakuni bo‘yicha quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan:
–  Byudjetni qo‘llab-quvvatlash 4,7 mlrd. AQSh dollari;
–  Elektr energetika 3,1 mlrd. AQSh dollari;
–  Energetika (neft va gaz) 2,7 mlrd. AQSh dollari;
–  Transport va transport infratuzilmasi 2,5 mlrd. AQSh dollari;
–  Qishloq va suv ho‘jaligi 2,3 mlrd. AQSh dollari;
–  Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish 2,0 mlrd. AQSh dollari;
–  Tijorat banklari 1,3 mlrd. AQSh dollari;
–  Kimyo sanoati 1,2 mlrd. AQSh dollari;
–  Ta’lim va sog‘liqni saqlash 0,7 mlrd. AQSh dollari;
–  Telekommunikasiya 0,2 mlrd. AQSh dollari;
–  Boshqalar 1,1 mlrd. AQSh dollari.

Ma’lum qilinishicha, davlat tashqi qarzining katta qismi uzoq muddat hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan.