O‘zbekistonda erkaklar soni ayollarga qaraganda necha nafarga ko‘pligi aytildi

  • 11:11 / 14.10.2021
  • 149

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda oxirgi yillarda o‘g‘il bolalar tug‘ilishi ko‘paygan. Aynan shuning hisobiga respublikada ayollar soniga nisbatan erkaklar soni (213 730 nafarga) oshgan.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 1*oktyabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35 079 190 kishini tashkil etmoqda.

Shundan:
Ayollar soni – 17 432 730 nafar;
Erkaklar soni – 17 646 460 nafar.

Ma’lumot uchun, 1991-yilda respublikada doimiy yashovchi aholining 50,6 foizini ayollar tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021-yilning 1-yanvar holatiga (doimiy aholi soni 34 860 170 kishi) 49,7 foizni tashkil etgan.