O‘zbekistonda erta nikoh eng ko‘p uchrayotgan hududlar ma’lum bo‘ldi

  • 16:59 / 03.06.2021
  • 464

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda 88 ta erta nikoh holati qayd etilgan.

Tahlillar o‘tgan yilga nisbatan erta nikohlar sonining 97 foizga kamayganini ko‘rsatdi. Ularning aksariyat qismi Urgut, Samarqand, Pastdarg‘om, Kattaqo‘rg‘on, Denov, Shahrixon tumanlari, Namangan, Samarqand va Andijon shaharlarida qayd etilgan.

Erta nikohlar qurilishiga ota-onalar – 70 foiz, sevgi-muhabbat – 26 foiz, diniy qarashlar – 1,5 foiz hamda erta homila – qariyb 4 foiz sabab bo‘lmoqda.

Erta turmush qurish oqibatida 38,2 foiz o‘smir qizlarning sog‘lig‘i, 22,9 foizida ota-onasi va boshqa oila a’zolari bilan munosabatlar yomonlashgan, 25,2 foizi iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan. Shuningdek, 9 foiz holatda yaqin do‘stlari bilan aloqalar uzilishga olib kelgan.

O‘smirlik davrida turmush qurgan qizlarning aksariyati huquqni muhofaza qilish organlari, inqiroz markazlari yoki mahalliy hokimiyat organlariga zo‘ravonlik dalillari yuzasidan murojaat qilmagan.