O‘zbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan qurilish korxonalari soni 44,5 mingdan oshdi

  • 20:25 / 11.09.2021
  • 148

2021-yilning 1-sentabr holatiga respublikada jami 44 543 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Bu haqda Statistika qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5 ming 30 taga koʻpdir. 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 4 591 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.

Quyida respublikada faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari sonini hududlar kesimida ko‘rishingiz mumkin:
- Toshkent shahri – 8 847 ta;
- Toshkent viloyati – 3 860 ta;
- Fargʻona viloyati – 3 577 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 3 466 ta;
- Andijon viloyati – 3 362 ta;
- Samarqand viloyati – 3 344 ta;
- Buxoro viloyati – 2 907 ta;
- Surxondaryo viloyati – 2 765 ta;
- Namangan viloyati – 2 512 ta;
- Qoraqalpogʻiston R. – 2 477 ta;
- Jizzax viloyati – 2 146 ta;
- Xorazm viloyati – 2 053 ta;
- Navoiy viloyati – 1 642 ta;
- Sirdaryo viloyati – 1 585 ta.

Teglar