O‘zbekistonda havo harorati hafta oxiriga borib ko‘tariladi 

  • 11:48 / 13.09.2021
  • 179

O‘zgidromet hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida Volga bo‘yi hududlaridan kirib kelgan antitsiklon hisobiga shakllangan salqin havo asta-sekin kuchsizlanadi. Salqin havo sharqqa Qozog‘iston hududi tomonga qarab chekinadi.

Bugun, 13-sentyabr kuni O‘zbekistonda harorat 27-32 daraja bo‘lgan quruq va nisbatan salqin havo bo‘lishi kutilmoqda.

Ertaga va haftaning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va erta tongda havo 12-15 daraja atrofida salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni isitadi va harorat seshanba kuni 29-34 darajadan - hafta oxiriga kelib 32-37 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.