O‘zbekistonda joriy yil 10-iyunga qadar 2,5 million dozaga yaqin vaksinadan foydalanilgan

  • 15:25 / 11.06.2021
  • 33

Pandemiya davrida SSV tizimida 10 mlnga yaqin PZR-testlari o‘tkazilgan.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan mavsum boshidan boshlab bugungi kunga qadar 9 mln 553 ming 247 ta PZR-test sinovlari o‘tkazilib, PZR-test tahlili natijasi musbat chiqqan taqdirda davolash ishlari tashkil etilmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 2 mln 529 ming 608 doza koronavirusga qarshi vaksina bilan aholini emlash tadbirlari o‘tkazilgan.

Bunda, “AstraZeneca” vaksinasidan 646 ming 116 doza, ”ZF-UZ-VAC2001” vaksinasidan
1 mln 766 ming 811 doza hamda “Sputnik-V” vaksinasidan 116 ming 681 doza foydalanilgan.