O‘zbekiston joriy yilning 4 oyida qancha miqdorda bodring eksport qilgani aytildi

  • 18:29 / 07.06.2021
  • 170

O‘zbekistonda bodring eksporti 2,2 mln. AQSh dollariga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021-yilning to‘rt oyi davomida qiymati $ 5,1 mlnga teng bo‘lgan, 4,2 ming tonna bodring eksport qilgan. 

Bu ko‘rsatkich, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 2,2 mln. AQSh dollariga oshganligini ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston chet mamlakatlariga 2021-yilning aprel oyida qiymati $ 1,9 mlnga teng bo‘lgan 1,5 ming tonna bodring eksport qilgan.  

Joriy yilning to‘rt oyi davomida O‘zbekiston Qozog‘iston (2,0 ming tonna), Qirg‘iziston (1,5 ming tonna), Rossiya  (682,9 tonna), Tojikiston (23,5 tonna), BAA  (0,4 tonna) hamda Germaniya (0,3 tonna) davlatlariga bodring eksport qilgan. 

Ushu ko‘rsatkich hududlar kesimida, Toshkent (1,2 ming tonna), Xorazm (1 ming tonna), Surxondaryo (564,7 tonna), Andijon (320,6 tonna), Buxoro (210,6 tonna), Farg‘ona (200,8 tonna), Namangan (169,3 tonna), Samarqand (89,0 tonna), Jizzax (76,4 tonna), Sirdaryo (41,7 tonna), Navoiy (37,1 tonna) va Qashqadaryo (6,3 tonna) viloyatlariga hamda Toshkent shahri (201,6 tonna) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (25 tonna)ga to‘g‘ri keladi.