O‘zbekistonda konditsionerlar eksportida yuqori o‘sish kuzatildi

  • 10:13 / 07.06.2021
  • 274

2021-yilning to‘rt oyida O‘zbekiston 8 davlatga 3,6 million dollarlik konditsionerlarni eksport qildi, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ma‘lum bo‘lishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 million dollarga ko‘paygan.

O‘zbekiston konditsionerlarni eksport qilgan mamlakatlar:

– Ozarbayjon - 2,4 million dollar;
– Rossiya - 315,9 ming dollar;
– Turkmaniston - 304,4 ming dollar;
– Tojikiston - 223,8 ming dollar;
– Qozog‘iston - 159,9 ming dollar;
– Qirg‘iziston - 59,6 ming dollar;
– Moldova - 38,8 ming dollar;
– Yaman - 18,3 ming dollar.

Ushbu konditsionerlarning aksariyati quyidagi manzillarda ishlab chiqarilgan:

– Toshkent - 2,7 million dollar;
– Toshkent viloyati - 796,4 ming dollar;
– Andijon viloyati - 90 ming dollar.