O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq kunlik ko‘rsatkich 350 nafarni tashkil qildi. 2 nafar bemor esa vafot etgan 

  • 10:41 / 16.06.2021
  • 128

2021-yil 15-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 463 (+350) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari eng ko‘p Toshkent shahri (173 nafar), Toshkent (41 nafar), Surxondaryo (36 nafar), Samarqand (24 nafar) va Jizzax (16 nafar) viloyatlarida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, kecha kun davomida respublika bo‘yicha jami 342 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 100 328 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

2 nafar koronavirusga chalingan bemor esa vafot etdi. Shu tariqa kasallikdan vafot etganlar soni 711 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3424 nafar bemor davolanmoqda.