O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 17,4 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

  • 22:08 / 15.09.2021
  • 77

Respublikada shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 3 mln. 345 ming 225 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 14-sentabrda respublika hududlari bo‘ylab 255 739 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 67 040 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 127 979 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 60 720 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 17 435 318 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 10 147 327 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 5 432 992 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 1 854 999 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Andijon viloyati (29 253 doza), Farg‘ona viloyati (26 048 doza), Toshkent viloyati (24 203 doza) band qildi.

Bundan tashqari, jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Farg‘ona viloyatida 1 970 606 doza, Namangan  viloyatida 1 896 709 doza, Andijon viloyatida 1 890 210 dozani tashkil qilmoqda.