O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlangan maktab o‘qituvchilari soni ma’lum bo‘ldi

  • 16:12 / 19.09.2021
  • 128

O‘zbekistonda qariyb yarim million maktab o‘qituvchisi koronavirusga qarshi 1-doza vaksina bilan emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vazirlik emlash jarayonlarining 5 yarim oylik tahlilini berib kelmoqda. 15-sentabr holatiga ko‘ra, maktab o‘qituvchilarini emlash uchun 1 million 128 ming 359 doza vaksina ishlatilgan.

Qayd etilishicha, 499 ming 886 nafar muallim virusga qarshi 1-doza vaksinalari bilan emlangan. Ularning 274 ming 731 nafari koronavirusga qarshi to‘liq emlanib bo‘lgan.