O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni ma’lum qilindi

  • 09:53 / 29.08.2021
  • 261

Davlat statistika qo‘mitasi pensiya va nafaqa oluvchilar sonini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida pensiya va nafaqa oluvchi shaxslar soni 4 milliondan oshgan.

Quyida pensiya va nafaqa oluvchi shaxslar sonini yillar kesimida ko‘rishingiz mumkin:
2016-yilda – 3,3 mln. nafar;
2017-yilda – 3,5 mln. nafar;
2018-yilda – 3,7 mln. nafar;
2019-yilda – 3,9 mln. nafar;
2020-yilda – 4,0 mln. nafar.

Ma’lumot o‘rnida, 2021-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3,9 mln nafarni tashkil etdi.

Teglar