O‘zbekistonda “Sputnik-V” vaksinasi tugadi. Birinchi dozani olganlar nima qiladi?

  • 17:34 / 05.08.2021
  • 278

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati aholining “Sputnik-V” vaksinasining birinchi dozasini olib, ikkinchi dozasini olish vaqti kelganligi lekin ikkinchi doza qilinmayotganligi haqida yo‘llagan savollariga javob berdi.

Qayd etilishicha, “Sputnik-V” vaksinasi tez orada olib kelinadi va birinchi dozani olgan har bir kishi ikkinchisini oladi.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va “Sputnik-V” ishlab chiqaruvchisining tavsiyalari bo‘yicha vaksinalar orasidagi minimal oraliq 21 kun. Lekin vaksinani 28 kunda ham 12 haftagacha va 6 oygacha qilish mumkin. Biz vaksinani kutamiz, u kelishi bilan uni darhol barcha davolash-profilaktika muassasalariga tarqatamiz va emlash ishlari o‘tkaziladi. Shu sababli  aholini hech ham xavotirlanmaslikni so‘rab qolamiz. O‘z navbatida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan berilgan tavsiyalar – tibbiy niqob taqish, masofa saqlash, xonalarni shamollatib turish, gigiyena qoidalariga rioya qilishlarini eslatib o‘tamiz”, – dedi vaksinalar va immunoprofilaktika bo‘limi boshlig‘i Diloram Tursunova.

Ma’lum qilinishicha, “Reuters” agentligi Rossiya Federasiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi (RFPI), “Sputnik-V” vaksinasini ishlab chiqqan mualliflarning fikrlariga asoslanib, mazkur vaksina bilan emlanishlar oralig‘ini (interval) 180 kungacha uzaytirish mumkinlini aytgan. Shuningdek, agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, emlanishlar oralig‘ining uzaytirilishi, organizmda kuchliroq immunt javobi shakllanishiga olib keladi.

Teglar