O‘zbekistonda Strategik rivojlanish agentligi tashkil etiladi

  • 16:00 / 21.07.2021
  • 62

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Strategik rivojlanish agentligi tashkil etiladi, deya xabar bermoqda O'zbekiston Milliy matbuot markazining rasmiy kanali. Bu bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyev maxsus farmonni imzolagan.

Qayd etilishicha, yangi agentlikni tuzishdan maqsad mamlakatda investisiya muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlarni takomillashtirish, hududlar va tarmoqlarning jadal rivojlanishini ta’minlash uchun ularning investisiyaviy jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirishdir.

Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifalari sifatida tarmoqlar va hududlar kesimida investisiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o‘rganish, investisiya faoliyatining istiqbolli tarmoqlari va yo‘nalishlarini aniqlash va boshqalar belgilanmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini, samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini, uning faoliyati bilan bog‘liq boshqa qarorlarni O‘zbekiston Prezidenti raisligidagi Strategik rivojlanish agentligining kengashi tasdiqlaydi.

Teglar