O‘zbekistonda xavfsizlik darajasi mustahkamlanmoqda 

  • 11:29 / 23.01.2020
  • 305

“Global Terrorism Index – 2019” reytingida terrorizm xavfi darajasi bo‘yicha O‘zbekiston 2018-yilga nisbatan o‘z pozitsiyasini uch pog‘onaga oshirdi. Mamlakat 2019-yilda 132-o‘rindan 135-o‘ringa ko‘tarilib, dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari qatorida qoldi. Bu, O‘zbekistonda xavfsizlik darajasi mustahkamlanayotganini anglatadi.

Reytingga terrorizmning xavflilik darajasi bo‘yicha dunyoning 160 mamlakati kiritilgan. 
Jumladan, Estoniya 123 o‘rinni, Latviya 117, Litva 107, Ozarbayjon 103, Gruziya 90, Qirg‘iziston 87, Qozog‘iston 85, Tojikiston 50 o‘rinni egallamoqda. Rossiya Federatsiyasi esa terroristik xavf bo‘yicha 4,9 ballni qayd etib, reytingning 37 o‘rnini to‘ldirib turibdi.