O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni qariyb 13 mingtaga yetdi

  • 14:29 / 31.08.2021
  • 119

O‘zbekistonda joriy yilda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 944 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2016-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan.

Quyida ushbu korxonalar sonini yillar kesimida ko‘rishingiz mumkin:
2016- yilda – 4 977 ta;
2017- yilda – 5 273 ta;
2018- yilda – 6 468 ta;
2019- yilda – 9 301 ta;
2020- yilda – 11 172 ta;
2021- yilda – 12 944 ta.

Teglar