O‘zbekistonda yana bir ko‘krak nishoni ta’sis etildi

  • 16:51 / 10.06.2021
  • 62

Hukumatning tegishli qarori bilan “Gidrometeorologiya xizmati a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi – deya xabar bermoqda Adliya vazirligining matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, mazkur ko‘krak nishoni bilan gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan xodim taqdirlanadi.

Ta’kidlanishicha, ko‘krak nishoni har yili 7-may – “O‘zgidromet” tashkil topgan kun arafasida topshiriladi. Shu bilan birga, taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravariga teng pul mukofoti beriladi.