O‘zbekistonda yil boshidan buyon 26 mingga yaqin ajrim holatlari qayd etildi

  • 18:46 / 15.09.2021
  • 95

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 25 687 ta ajrim holatlari qayd etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, respublika hududlari bo‘yicha eng ko‘p ajrim Toshkent shahrida qayd etildi.

Quyida 2021-yilning yanvar-avgust oylarida qayd etilgan ajrimlar sonini hududlar kesimida ko‘rishingiz mumkin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 964 ta;
Andijon viloyati – 2 583 ta;
Buxoro viloyati – 1 372 ta;
Jizzax viloyati – 841 ta;
Qashqadaryo viloyati – 1 795 ta;
Navoiy viloyati – 831 ta;
Namangan viloyati – 1 997 ta; 
Samarqand viloyati – 2 662 ta;
Surxondaryo viloyati – 1 494 ta;
Sirdaryo viloyati – 894 ta;
Toshkent viloyati – 2 722 ta;
Farg‘ona viloyati – 2 848 ta; 
Xorazm viloyati – 975 ta;
Toshkent shahri – 3 709 ta.

Teglar