O‘zbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni ma’lum qilindi

  • 22:19 / 15.09.2021
  • 104

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 089 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 ming 69 ta va xorijiy korxonalar 6 993 tani tashkil etmoqda.

Quyida 2021-yilning 1- sentabr holatiga, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sohalar bo‘yicha sonini ko‘rishingiz mumkin:
Sanoat – 4 136 ta;
Savdo – 3 632 ta;
Qurilish – 1 087 ta;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 716 ta;
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 555 ta;
Axborot va aloqa – 375 ta;
Tashish va saqlash – 334 ta;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 204 ta.

Teglar