O‘zbekistondagi yirik shoxli qoramollar soni qariyb 13 mingtaga yetdi

  • 13:17 / 12.09.2021
  • 100

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2021-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 12 953,3 mingtaga yetdi. 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 341,5 mingtaga yoki 2,7 foizga ko‘paydi.

Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar-iyun oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 66 679,9 mlrd. so‘mni yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 104,2 foizni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 59,3 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 1 191,5 ming t. go‘sht, 5 065,5 ming t. sut (4,5 foizga ko‘p), 3 399,6 mln. dona tuxum (0,1 foizga ko‘p) yetishtirildi va 37 191 t. baliq (9,9 foizga ko‘p) ovlandi.

2021-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, otlarning umumiy bosh soni 250,6 mingtaga yetdi. 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni 9,6 mingtaga (4,0 foizga) ko‘paydi.

Teglar