O‘zbekistonga 90 000 doza "Спутник V" vaksinasi keltirildi

  • 08:25 / 30.08.2021
  • 215

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, bugun 30-avgust sanasida "Спутник V" vaksinasining 90 000 dozalik ikkkinchi komponenti O‘zbekistonga olib kelingan. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga keltirilgan vaksinaning umumiy miqdori 17 million 946 ming 540 dozani tashkil etgan. Ulardan 460 000 dozasi "Спутник V", 986 480 dozasi AstraZeneca, 13 500 000 dozasi ZF-UZ- VAC2001 va 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir. 

Xabar qilinishicha, "Спутник V" ning ushbu komponenti aynan shu vaksinaning 1-komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlash uchun mo‘ljallangan.