O‘zbekistonga bir oy ichida $37,2 millionlik yengil avtomobillar olib kirilgan

  • 12:01 / 25.06.2021
  • 132

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 150,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 7,7 mingta yengil avtomobillar import qilgan. 

2021-yilning o‘tgan 5 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

– Koreya – 42,7 mln.
– Xitoy – 41,1 mln.
– Rossiya – 30,5 mln.
– Qozog‘iston – 8,8 mln.
– AQSh – 6,7 mln.
– Tailand – 6,6 mln. 
– Polsha – 4,6 mln. 
– Germaniya – 3,9 mln.
– Litva – 2,5 mln.
– Yaponiya – 2,0 mln.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021-yilning 1-choragi davomida xorijiy davlatlarga qiymati 87,4 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln. AQSh dollariga  oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (8 468 dona) eksport qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilning yanvar-may oylarida import qilingan elektromobillar uchun 4,6 million AQSh dollari sarflangan.