O‘zbekistonga g‘arbiy Sibirning sovuq havo oqimi kirib kelmoqda

  • 12:37 / 31.03.2021
  • 136

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 1–2-aprelda O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston orqali g‘arbiy Sibirning janubiy hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib keladi.

1–2-aprel kunlari respublika bo‘yicha havo harorati pasayishi kutilmoqda.

1-aprelda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduz kuni 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
     
2-aprelda kechasi 0-2 daraja iliq, ba’zi joylarda havoda va tuproqda 1-3 daraja sovuqgacha bo‘lishi mumkin, kunduz kuni 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

31-mart va 1–5-aprelda Toshkent va Namangan viloyatlarining 1600 metrdan yuqori bo‘lgan tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.