O‘zbekistonga juda issiq havo massalari kirib keladi – O‘zgidromet

  • 15:25 / 24.05.2021
  • 202

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 25-maydan respublikaning eng sharqiy hududlarida baland siklon ta’siri saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shamol 17-22 m/s gacha kuchayishida momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

26-may kuni O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Kunduzgi havo harorati 34-37 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 38-40 darajagacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8 darajaga ko‘p bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zgidromet 24–27-may kunlarida respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga sel kelishi xavfi haqida ogohlantiradi.