O‘zbekistonga uch oyda 91 ta elektromobil olib kelingan – Davstatqo‘m

  • 10:47 / 22.04.2021
  • 126

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijdan 91 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 78 taga ko‘p.

2021-yilning mart oyida 6 ta elektromobil import qilingan.   

2021-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston asosan – Xitoy (56 ta), Turkiya (24 ta), Germaniya (3 ta), Koreya (3 ta), AQSH (3 ta), Litva (1 ta) va Ispaniya (1 ta) kabi davlatlardan elektromobillarni import qilgan.

So‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:
2018-yilda – 13 ta
2019-yilda – 39 ta
2020-yilda – 131 ta

Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilning yanvar-mart oylarida import qilingan elektromobillar uchun 1,8 million AQSh dollari sarflangan.