O‘zbekistonlik 2 nafar harbiy xizmatchi AQShda “Ilg‘or jangchi” mukofotini qo‘lga kiritdi

  • 09:50 / 26.04.2021
  • 137

Joriy yil 19–24-aprel kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missisipi shtatidagi “Camp Shelby” harbiy o‘quv bazasida o‘tkazilgan “Ilg‘or jangchi” musobaqasining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Marosimda Misissipi shtatidagi Qurolli Kuchlar tuzilmalari vakillari, faxriylar va musobaqa ishtirokchilari qatnashishdi.

Tadbirda tashkilotchilar tomonidan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar III darajali serjant Dilmurod Sulaymonov hamda kichik serjant Xayrulla Olimovlar musobaqa g‘oliblari uchun beriladigan “Ilg‘or jangchi” mukofoti va ko‘krak nishonlariga loyiq deb topildi va taqdirlandilar.

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 2019-yilda ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Gʻolib harbiy xizmatchilar 27-aprel kuni O‘zbekistonga yetib keladi.