O‘zbekistonlik ayollar eng ko‘p qaysi avtomobillarni xarid qilgani aytildi

  • 17:36 / 30.06.2021
  • 527

Uzauto Motors'ning ma’lum qilishicha, 2020-yildan 2021-yilning shu vaqtiga qadar ayollar tomonidan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha, jami 45 562 dona avtomobil sotib olingan. Bu jami sotuvning 14 foizini tashkil etadi.

Eng ko‘p xarid qilingan avtomobillar:

– “Cobalt” – 11 036 dona 
– “Nexia-3” –  9 889 dona 
– “Lacetti” –  8 309 dona.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda yanvar–may oylari oralig‘ida eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgan edi.