O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 04:57 / 10.06.2021
  • 86

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha litsenzion Osiyo chempionati bo‘lib o‘tayapti.

Turnirning kechagi, guruh mashqi dasturida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi qizlar g‘alaba erishdilar.

Reglamentga ko‘ra, musobaqada yakkalik va guruh mashqi bo‘yicha Tokio-2020 yo‘llanmalari o‘ynalmoqda. Litsenziyalar faqat musobaqa g‘oliblarigagina taqdim qilinadi.

Qayd etilishicha, guruh mashqida ishtirok etgan o‘zbek sportchi qizlari, Nilufar Shomurodova, Kseniya Aleksandrova, Dinara Ravshanbekova, Sevara Safoyeva va Kamola Ernazarovalar 5 ta to‘p, 3 xalqa va 2 juft bulava dasturlarida o‘z raqobatchilarini sezilarli darajada ortda qoldirib, eng yuqori natijaga erishishdi.

Badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati guruh mashqida O‘zbekiston – 83.95, Janubiy Koreya – 61.90 va Tailand – 43.95 ko‘rinishidagi natijani qayd etishdi.