O‘zbekistonlik harbiylar ShHT davlatlarining “Мирная миссия” o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadi

  • 13:27 / 13.09.2021
  • 153

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Мирная миссия – 2021”: birgalikdagi o‘quv shtab mashg‘ulotida ishtirok etish uchun 11-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi Donguz poligoniga yetib keldi.

O‘zbekistonlik harbiylar RF Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan an’anaviy tarzda kutib olindi.

Shundan so‘ng shaxsiy tarkib Donguz poligonida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun ajratilgan hududda joylashdi.

“Мирная миссия – 2021”: birgalikdagi o‘quv shtab mashg‘ulotida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo quyidagi davlatlar: Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy Xalq Respublikasi, Pokiston va Hindiston harbiylari qatnashmoqda.

“Мирная миссия-2021” birgalikdagi o‘quv shtab mashg‘uloti shu yil 11– 25-syentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi Donguz poligonida bo‘lib o‘tadi.