O‘zbekistonlik harbiylar tojik-afg‘on chegarasida bo‘ladigan o‘quv mashg‘uloti uchun Tojikistonga yetib bordi – video

  • 15:45 / 02.08.2021
  • 368


200 nafar atrofidagi o‘zbekistonlik harbiylar Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston qurolli kuchlari bo‘linmalarining qo‘shma o‘quv mashg‘ulotida qatnashish uchun Harb-maydoni poligoniga keldi.

Tojikiston Respublikasi hududidagi Harb-Maydoni poligonida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari 5-avgustdan 10-avgustgacha davom etadi.

Texnikadagi bo‘linmalar Termizdagi poligondan 200 kilometr masofani bosib o‘tib marshni amalga oshirdilar. Mashg‘ulot hududiga yetib kelgach, harbiylar qo‘mondonlik punktlari o‘rnatdilar hamda o‘t ochish pozisiyalarini jihozlashga tushib ketdilar. O‘quv mashg‘ulotiga O‘zbekistondan 20 ta harbiy texnika jalb etilgan.

Mashg‘ulotning asosiy bosqichida uch tomon harbiylari chegarani kesib o‘tgan noqonuniy qurolli tuzilmalarni yo‘q qilish bo‘yicha taktik harakatlarni mashq qiladilar.